AQSH prezidenti maktab o‘qituvchilari va xodimlariga jinoyatchilarning hujumidan himoyalanish uchun yashirin tarzda qurol olib yurishga ruxsat berishni taklif qildi, deb yozadi Kun nashri.
AQSHda qurol aylanmasini cheklash haqida bahslar Parklend shahridagi maktabda otishma sodir etilgandan keyin yana yangi kuch bilan boshlandi.
“Bunda o‘qituvchining yonida yashirin qurol bo‘ladi. Ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar. Ular maktabda bo‘ladilar va boshqa quroldan xoli hudud bo‘lmasdi”, deb aytgan Tramp maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashuvda. Uchrashuvda otishma sodir etilgan maktab vakillari ham qatnashgan.
Tramp jinoyatchilar aynan shunday “quroldan xoli hududlar”da odamlarni o‘qqa tutib va ularga hech kim javoban o‘q otmasligini tushungan holda jinoyatlarni sodir etishga harakat qiladilar. U o‘qituvchilarni qurollantirishdan tashqari, maktablarga sobiq harbiylarni qo‘riqchilar qilib olishni taklif qilgan.
Tramp, hujumlar o‘rtacha 3 daqiqa sodir etilishi, politsiyaga esa voqea joyiga yetib kelish uchun 5-10 daqiqa talab qilinishini eslatib o‘tdi. Tramp “uning taklifiga ko‘pchilik qarshi bo‘lishini, biroq boshqalarga ma’qul kelishini” aytgan.
Prezident qurol sotib olishga ruxsatlarni berishda tekshiruv qoidalarini jiddiy qat’iylashtirishga va’da berdi. Uning aytishicha, keyingi haftada bir qator shtatlar vakillari bilan maktablardagi xavfsizlik mavzusi muhokama qilinmoqchi. “Biz eng jiddiy, eng muhim, naf beradigan takliflarni tanlab olamiz va ular ishlashi uchun barcha ishni qilamiz”, deb aytgan Tramp.
AQSHda qurol olib yurish huquqi konstitutsiyaga ikkinchi tuzatma bilan kafolatlangan.
Hozirda sudlanganlik, ruhiy kasallik mavjudligi va boshqa omillar qurol sotib olishda to‘sqinlik qilishi mumkin, biroq oxirgi ommaviy qotilliklarning ko‘rsatishicha, bu tizim ko‘pincha pand bermoqda.
Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida qurol sotishni cheklashni qo‘llab-quvvatlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?