4 190
Rossiya BMTning Suriyadagi tinchlikka erishish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini blokirovka qildi
Rossiya payshanba kuni kechqurun BMT Xavfsizlik Kengashida Suriyada 30 kunlik tinchlikka erishish to‘g‘risidagi qabul qilingan rezolyutsiyani blokirovka qildi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Shvetsiya va Quvayt tomonidan taklif qilingan loyihani “norealistik” deya atadi. Bu haqda Tnews.uz sayti xabar berdi.
Rezolyutsiya loyihasi bundan avval Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov tomonidan tanqid qilingan edi, uning aytishicha, tinchlikka erishish Moskva tomonidan terrorchi deya aytiladigan guruhlarga nisbatan joriy qilinishi kerak emas.
Ular orasida Suriya prezidenti Bashar Asad rejimining Sharqiy Gutadagi raqiblari ham bor. Aynan mana shu qurolli muholifat nazoratidagi anklavga havodan zarba berilishi BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi chaqirilishiga sabab bo‘ldi. Suriya muholifati va xalqaro gumanitar tashkilotlar bomba hujumlari oqibatida tinch aholi vakillaridan ko‘plab qurbonlar bo‘lganini aytishadi.
AQSH Davlat departamenti vakili Xizer Noyert Sharqiy Gutadagi qon to‘kilishlariga mas’uliyatni Moskvaga yukladi. “Agarda Rossiya Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlamaganda edi, o‘lim va vayronagarchiliklar bu darajada bo‘lmasdi” –dedi u.
Shu bilan birga G‘arb mamlakatlarining vakillari tez orada Suriya armiyasi Sharqiy Gutaga bostirib kirishidan tashvishga tushmoqda, bu o‘z navbatida yangidan yangi qurbonlarga sabab bo‘lishi mumkin. Suriyaning BMTdagi elchisi shu kabi reja Asadda mavjudligini tasdiqladi. Uning bayonot berishicha, Sharqiy Guta “ikkinchi Aleppo” bo‘ladi. Bu borada u hukumat kuchlari tomonidan 2016 yil dekabrida Alepponing egallab olinganini nazarda tutdi, o‘shanda tinch aholi vakillaridan qurbonlar ham qayd qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...