13:00 / 26.02.2018
6 135

Avtohalokatga uchragan erkak kapotning ustida lezginkaga raqsga tushdi (video)

Avtohalokatga uchragan erkak kapotning ustida lezginkaga raqsga tushdi (video)
Rossiyaning Saratov shahrida YTHga uchragan erkak avval kapotning ustida, keyin esa yo‘lning qatnov qismida lezginkaga raqsga tushdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Nashrning xabar berishicha, chorrahada VAZ-2110 bilan VAZ-2109 rusumli avtomobillar bir-biriga to‘qnashgan. Kuchli zarbadan mashinalardan biri uchib ketib, yo‘lning qarama-qarshi qismida harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga borib urilgan.

Avtohalokat oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq yo‘lda ulkan tirbandlik yuzaga kelgan. YTHga uchragan avtomobil haydovchilaridan biri yonida birga bo‘lgan qizni tinchlantirish maqsadida avval kapotning ustida, keyin yo‘lning qatnov qismida lezginkaga raqsga tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avtohalokatga uchragan erkak kapotning ustida lezginkaga raqsga tushdi (video)