Bir necha yildirki, Oltoy o‘lkasining mahalliy aholisi “Oltoy malikasi” nomini olgan mo‘miyoni qayta ko‘mish talabi bilan chiqmoqda. Ayniqsa, misli ko‘rilmagan tabiiy ofatlar: suv toshqini va do‘l hodisasidan so‘ng bu talab yanada kuchaydi.
UKOK QARG‘ISHI
Ukok tekisligida (Xitoy va Mo‘g‘uliston chegarasi yaqinida) qazish ishlarini 1993 yili Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi arxeologiya va etnografiya instituti xodimasi Natalya Polosmak boshlagan edi. O‘shanda yarim vayronaga aylangan qo‘rg‘on arxeologning e’tiborini tortgan va u adashmagan edi. Qo‘rg‘onda muz to‘ldirilgan qadimiy sag‘ana topildi. Sag‘anani issiq suv bilan bir necha kun davomida muzini eritib, ochishdi. Qabrni ochganlar hayratda qolishdi. Chunki uning ichida bir ayolning jasadi bor edi. Ayolning bosh kiyimi oltindan ishlangan bezaklar bilan qoplangan, qo‘lida tayoqcha bo‘lib, qo‘llariga qushning surati o‘yib chizilgandi. Aftidan, u hayotlik davrida sehr-jodu bilan shug‘ullangandi. Bu topilma shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Muz tufayli mo‘miyo yaxshi saqlangandi. Tadqiqotlar ayolning bundan 2500 yil ilgari yashaganini va 25 yoshida vafot etganini ko‘rsatdi.
Olimlarni esa boshqa savol qiynay boshladi: mahalliy aholi bilan ziddiyatga bormaslik uchun nima qilish kerak? Mahalliy aholi mo‘miyoni kavlab olishga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. “Qishloqda yashaydigan bir qizchaning aytishicha, afsungar jasadi yer yuziga chiqarilsa, ulkan falokat yuz berarkan, – deydi filolog Akay Kine.- O‘shanda hukumat qazish ishlarini olib borishga ruxsat bergan bo‘lsa-da, aholi bunga qarshi chiqqandi. Ular xatlar yozishdi, yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Ammo olimlar baribir o‘z maqsadlariga erishishdi”.
Oltoyliklar arxeologlar topgan ayol “Oq xonim – «tinchlikni himoya qiluvchi Ak-Kadin” ekanligiga ishonishadi. Afsonalarga ko‘ra, u yer osti darvozasini qo‘riqlaydi va yovuz ruhlarning yer yuziga chiqishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Shamanlar uning Oltoy asoschisi ekanligiga ishonishadi. Uni bezovta qilish ko‘plab falokatlarga olib keladi, deb hisoblashadi.
“Oltoy malikasi”ni qazib olishganida, yer qimirlagan ekan. Keyin uni olib ketayotgan vertolyot nosozlik sababli qo‘nishga majbur bo‘lgan. So‘ngra esa qator ko‘ngilsizliklar boshlandi – o‘rmon yong‘inlari va bo‘ronlar yuz berdi, zilzila va suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, Oltoyda o‘z joniga qasd qilishlar soni ham oshib ketgan.
VAQT BO‘LDIMI?
2014 yili esa o‘lkada, umuman, Rossiya hududida dahshatli suv toshqinlari yuz berdi. Ko‘plab to‘g‘on va ko‘priklar vayron bo‘ldi, aholi maskanlari suv ostida qoldi. Minglab kishilar uylaridan ayrilishdi. Odamlar o‘shanda yana “Ukok malikasi”ni yodga olishdi. Aytishlaricha, 2012 yili diniy marosim paytida bir ruhoniyga “malika” ko‘ringan va ikki yil dam olishi, so‘ng yana o‘zi haqida eslatishini ma’lum qilgan ekan. Agar uni joyiga ko‘mishmasa, u suzib joyiga qaytarmish.
“Kattaligi tovuq tuxumidek keladigan do‘l yog‘ishi so‘nggi tomchi bo‘ldi, – deydi Akay Kine. – Do‘l ko‘plab uylar va mashinalarga zarar yetkazdi. Shundan so‘ng biz «malika”ni ko‘mish bo‘yicha imzo yig‘ishni boshladik. Hozir 20 mingta imzo to‘plangan, bu respublika aholisining 10 foizi demakdir. Biz uni butunlay ko‘mib tashlashni so‘ramayapmiz, hech bo‘lmasa mo‘miyoni Ukok tekisligiga qaytarish kerak. O‘sha yerda uni saqlash uchun biror inshoot barpo etish mumkin. Buning uchun mablag‘ yig‘ib berishga ham tayyormiz.»
Olimlar esa bu tashabbusni unchalik jiddiy qabul qilishmayapti. Buni ular irim deb atashmoqda. Mahalliy aholi esa “ajdodlarimizni tinch qo‘ying, ularning ruhini bezovta qilmang” deya ahdlarida qat’iy turishibdi.
Bu nimaga olib keladi? Oltoy afsonalarida aytilishicha, Oq Xonimning ta’sir doirasi juda katta. Uning g‘azabi nafaqat Oltoy, balki jahon miqyosida ulkan falokatlarga olib kelishi mumkin. Mo‘miyoning qo‘liga chizilgan suratlarda esa insoniyat uchun muhim xabar yashiringan. Faqat bu ma’lumotni o‘qish vaqti hali kelmagan.
Rus tilidan Dilshodbek ASQAROV tarjimasi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi