18:30 / 02.03.2018
4 309

Jarrohning aybi tufayli oyog‘idan ayrilgan model qiz baribir podiumga qaytdi

Jarrohning aybi tufayli oyog‘idan ayrilgan model qiz baribir podiumga qaytdi
Jarrohning aybi tufayli oyog‘idan ajragan 27 yoshli model Rozalina Oktaviya yana podiumga qaytdi va Models of Diversity xayriya tashkilotining elchisiga aylandi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

2010 yilda mototsiklda ketayotgan Oktaviya avtofalokatga uchragan va oyog‘ining paylarini jarohatlagan. Olgan jarohatidan qiz yurishga, yugurishga qiynalgan. Shundan keyin shifokor huzuriga borgan. Oktaviya jarohatlangan paylarini tiklash uchun Indoneziyadagi kasalxonalardan biriga davolanish uchun yotgan.

O‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin qizning tizzasi shishib ketgan, shish hafta davomida ketmagan. Boshqa kasalxonaga ko‘rinishga borganda, unga operatsiyani amalga oshirgan shifokor xato qilib, arteriyalaridan birini kesib qo‘yganligini ma’lum qilishgan. Oktaviyaning oyog‘iga boshqa tomir ko‘chirib o‘tkazilgan, biroq qon yaxshi aylanmaganligi sababli gangrena boshlangan. Shundan keyin shifokorlar uning oyog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘lishgan.

Oktaviya oyog‘idan ayrilgunga qadar kasalxonada doya bo‘lib ishlagan, shu bilan birga modellik ham qilgan. U oyoqsiz qolganda ham moda dunyosi eshiklari nogiron qiz uchun yopilmasligiga umid qildi. Oktaviya bir yil ilgari Singapurga ko‘chib o‘tib, yana modellik bilan shug‘ullana boshladi. Shundan keyin uni professional suratga olish ishlariga taklif qilishdi va Oktaviya Singapore Fashion Runway shousida ishtirok etdi.

Mazkur modalar namoyishidan so‘ng u Models of Diversity xayriya tashkilotining elchisiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jarrohning aybi tufayli oyog‘idan ayrilgan model qiz baribir podiumga qaytdi