22:30 / 02.03.2018
4 949

Qozog‘istonda ikki bolakay yettinchi qavatdan pastga uloqtirildi (video)

Qozog‘istonda ikki bolakay yettinchi qavatdan pastga uloqtirildi (video)
Bugun, 2 mart kuni Qozog‘istonning Ostona shahridagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqan. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabariga asoslanib Qalampir nashri ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ostonadagi “Nova City” aholi kompleksidagi to‘qqiz qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Bir necha daqiqada voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘tiruvchilar yong‘inni tezda o‘chirgan, besh kishini qutqarib qolgan.

Internetda mazkur yong‘in aks etgan video e’lon qilingan. Unda yong‘indan sarosimaga tushgan xonadon egalari yuqori qavatdan ikki bolasini pastki qavatga uzatishga urinayotganini ko‘rish mumkin.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ikki bolakay yettinchi qavatdan pastga uloqtirildi (video)