Vazir o‘rinbosari juda katta miqdordagi byudjet mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.
Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi tomonidan Energetika vazirligidagi mansabdor shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Zakon.kz xabariga tayanib Qalampir nashri ma’lumot berdi.
Jumladan, energetika vaziri o‘rinbosari G‘ani Sadibekov “Aymak” korxonasi pudratchi tashkiloti rahbari Duanbek D. bilan mamlakatning kurort zonalaridan biridagi ko‘lni tozalashga ajratilgan juda katta miqdordagi byudjet mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.
Mazkur jinoyatga, shuningdek, vazirlik departamenti boshlig‘i Nurbekov J. hamda pudratchi vakillari Jumalinov S. va Kadirberlin B. ham bosh qo‘shgani aytilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sadibekov tomonidan imzolangan soxta hujjatlar asosida Energetika vazirligi tomonidan 2017 yilda 3,6 milliard tenge miqdoridagi pul ortiqcha to‘lab berilgan.
Tekshiruv va tintuvlar chog‘ida bu pullarning 1 milliard tengedan ortig‘i naqdlashtirilgani aniqlanib, olib qo‘yilgan.
Hozirda Sadibekov, Nurbekov, Duanbek, Jumalinov va Kadirberlin qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?