15:45 / 03.03.2018
4 315

Trampning kuyovi kompaniyasi Qatardan sarmoyalar so‘ragan

Trampning kuyovi kompaniyasi Qatardan sarmoyalar so‘ragan
AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner oilasiga qarashli rieltorlik kompaniyasi Qatar Moliya vazirligiga 2017 yilda sarmoyalar so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda “The Intercept” nashriga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Jared Kushnerning otasi, Kushner Companies kompaniyasi boshqaruvchisi Charlz Qatar moliya vaziri Ali Sharif al-Imodiy bilan 2017 yil aprelida uchrashgan. Bu Qatarning iqtisodiy blokadasi boshlanishidan bir necha hafta avval ro‘y bergan. Xabar berilishicha, uchrashuvda Charlz Kushner al-Imodiyga Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu, 666 manzili bo‘yicha joylashgan qurilishga sarmoya yo‘naltirish taklifi bilan chiqqan.

Manbalarning qayd etishicha, uchrashuv taxminan yarim soat davom etgan va unda har ikki tomondan maslahatchi qatnashgan.

Nashrdan ta’kidlanishicha, Charlz Kushner avval ham qatarlik manbalardan sarmoyalar olgan, biroq bundan oldin u Qatar moliya vaziri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borgani haqida xabarlar paydo bo‘lmagan.

Kushner Companies vakilining ma’lum qilishicha, kompaniya ayni damda “qandaydir xorijiy fondlar bilan biznesga ega emas”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning kuyovi kompaniyasi Qatardan sarmoyalar so‘ragan