Qirg‘iziston milliy-vatanparvar kuchlari va faollar tashabbusi bilan qurultoy tashkil etilmoqda. Bu haqda «24.kg» xabariga tayangan holda Kun nashri ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurultoy 2010 yilning 7 apreli voqealariga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan.
«Biz qurultoyda har bir sohadagi dolzarb mavzularni muhokama qilishni istaymiz. Hozircha uch asosiy mavzu bor: korrupsiyaga qarshi kurash, siyosiy mahbuslar bilan bog‘liq vaziyat hamda so‘z erkinligi. Bugun tashkiliy qo‘mitaning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Juda jiddiy bahslar bo‘ldi», — degan Adil Turdukulov.
Bo‘lajak forum delegatlari nima uchun milliy qurultoy instituti g‘oyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini muhokama qilishmoqchi. Tashkiliy qo‘mitadagilar bunda Jogorku Kenesh deputatlarini aybdor deb hisoblashadi.
Qurultoyga mamlakatning sobiq prezidentlari, hozirda qochqinda bo‘lgan Askar Akayev va Kurmanbek Bakiyevni ham taklif etishgan.
«Biz ularni taklif qildik, chunki kuchlarni birlashtirish vaqti keldi. Konsensus topish kerak. Maqsadimiz — barcha siyosiy tomonlarni birlashtirishdir», — deya izohlagan Adil Turdukulov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»