Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014 yili bortida bomba bor deya taxmin qilingan samolyotni urib tushirishga buyruq bergan. Bu haqda «Putin» nomli hujjatli filmda so‘z boradi, deb xabar qiladi «Daryo» nashri.
Ta’kidlanishicha, ikki soat davom etadigan hujjatli filmda Rossiya prezidenti 2014 yil 7 fevral sanasida, Sochidagi Olimpiadaning ochilishi oldidan unga xavfsizlik xizmati ofitseri qo‘ng‘iroq qilib, Xarkovdan Istanbulga uchayotgan samolyot qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, samolyotni qo‘lga olganlar uni Sochiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan. Boeing 737-800 havo kemasining uchuvchilari yo‘lovchilardan birida bomba borligini aytgan.
«Samolyot bortida 110 nafar yo‘lovchi bor edi, stadionda esa 40 mingdan ortiq odam Olimpiadaning ochilish marosimiga to‘plangan», — deyiladi xabarda.
Putinning aytishicha, prezident o‘sha vaqtda xavfsizlik xizmati xodimlariga maslahat so‘rab murojaat qilgan, ular esa o‘z navbatida bu kabi favqulodda holatlarda samolyot urib tushirilishini ma’lum qilgan.
«Men ularga reja bo‘yicha ish ko‘rishlarini buyurdim», — deydi Putin, shundan so‘ng u Olimpiada o‘yinlarining ochilishiga yetib kelgan.
Bir necha daqiqadan so‘ng Putinga yana bir qo‘ng‘iroq bo‘lgan: bu safar unga xabar yolg‘on ekanligini, yo‘lovchi mast ahvolda bo‘lganligini hamda samolyot Turkiyaga o‘z parvozini davom ettirganligini ma’lum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi