Qozog‘iston aholisi soni 2018 yil 1 fevral holatiga ko‘ra 18 million 177,7 ming kishini tashkil etdi.
Mamlakat Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shaharlarda 10 million 439,6 ming kishi (57,4 foiz), qishloq joylarda 7 million 738,1 ming kishi (42,6 foiz) istiqomat qiladi. 2017 yilga nisbatan aholi soni 240,6 ming kishiga yoki 1,3 foizga oshdi.
Yanvar oyida 33,3 ming kishi tug‘ilib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga ko‘pdir.
Respublika aholisining ushbu davrdagi tabiiy o‘sishi 2017 yil yanvariga nisbatan 2,5 ming kishiga yoki 13,1%ga ko‘payib, 21,5 ming kishini tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘limlar soni 11,8 mingni tashkil etdi, bu 2017 yil yanvariga nisbatan 8,4 foizga kam.
Bundan tashqari, yanvar oyida mamlakatga kelib, ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar soni 9,2 foizga kamaydi va 1360 kishini tashkil qildi, mamlakatdan chiqib ketgan migrantlar soni 34,9 foizga oshdi va 2258 kishini tashkil etdi, migratsiya saldosi 898 kishiga teng.
Mamlakatning asosiy migratsiya almashinuvi MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi: MDH mamlakatlaridan kelganlar ulushi 78,1%ni; MDH davlatlariga chiqib ketganlar ulushi 86,7 foizni tashkil etdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi