11:20 / 19.03.2018
5 288

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi yana bir taklifni bildirdi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi yana bir taklifni bildirdi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati erkaklar va ayollar ish haqini tenglashtirib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u CBS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun nashri.

«Biz shunday tashabbus ustida ishlamoqdamizki, uning yordamida yaqin kelajakda erkaklar va ayollar ishiga bir xilda haq to‘lanishini kafolatlashga yo‘naltirilgan norma ishlab chiqiladi hamda joriy etiladi», - deya aytib o‘tdi Muhammad bin Salmon.

Shuningdek, shahzodaning ta’kidlashicha, ayollar va erkaklarni teng huquqli deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘z onasini uy qamog‘ida saqlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi yana bir taklifni bildirdi