21:39 / 23.03.2018
4 053

Fransiyada terakt. Garovdagilarni qutqarish amaliyoti yakunlandi

Fransiyada terakt. Garovdagilarni qutqarish amaliyoti yakunlandi
Bugun Fransiya janubidagi Od departamenti Treb kommunasida noma’lum shaxs Super U nomli supermarketga bostirib kirib, odamlarni garovga olishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan maxsus xizmatlar xodimlari shturm davomida hujum qiluvchi shaxsni yo‘q qilishgan.
Kommuna meri Erik Menassining aytishicha, qutqaruv amaliyoti davomida garovdagilarning ikki nafari halok bo‘ldi.

Shuningdek, hujum uyushtirishdan oldin terrorchi avtomobilini o‘g‘irlab qochgan shaxs ham o‘ldirib ketilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu hodisani terakt deb atadi. Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerar Kolon voqea joyiga yetib keldi.

OAV xabariga ko‘ra, odamlarni garovga olgan shaxs 2015 yilning noyabrida sodir etilgan terakt tashkilotchiligida ayblangan, ISHID vakili Saloh Abdusalomni ozod etishni talab qilgandi.

Saloh Abdusalom - Parijda 2015 yilning 13 noyabrida sodir etilgan qirg‘in (o‘shanda 130 nafardan ortiq kishi o‘ldirilgan, 350 nafardan ortiq kishi yaralangan) tashkilotchilaridan biri sifatida 2016 yil martida Bryusselda qo‘lga olingan va Fransiyaga ekstraditsiya qilingandi. U hamon sudni kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada terakt. Garovdagilarni qutqarish amaliyoti yakunlandi