
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Suriyada harakat qilayotgan barcha tomonlarning maqsadi va taktikasi mamlakat chegaraoldi tumanlari aholisiga ma’lumdir.
“Aynan shuning uchun Suriyadagi Tall-Rifatdan Manbijgacha, Tall-Obod va Rasulayngacha bo‘lgan tumanlar aholisi Turkiyaning kelishi tarafdoridir, uning siyosati odamlar ongida xavfsizlik, tinchlik va tartibdan darak beradi”, - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Anadolu.
Uning ta’kidlashicha, hech kim Turkiya Suriyani egallab olayotgani haqida bayonot berishga haqli emas.
“Aynan G‘arb butun tarix davomida o‘zini istilochi va tajovuzkor sifatida bir necha marta ko‘rsatib qo‘ygan”, - deya ta’kidlab o‘tdi Turkiya yetakchisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar