Saudiya Arabistoni Ar-Riyod ustida ballistik raketalarni urib tushirdi (video)

Saudiya Arabistoni Ar-Riyod ustida ballistik raketalarni urib tushirdi (video)
Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari poytaxt Ar-Riyod ustida ballistik raketalarni urib tushirdi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar Ar-Riyodning shimoli-sharqiy qismida urib tushirilgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili raketalar Yamandan otilgan bo‘lib, ularning soni 7 ta bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, barcha raketalar yo‘q qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketalarning ba’zi bo‘laklari aholi yashaydigan hududlarga tushgan. Telekanalning ma’lum qilishicha, buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar