AQSh prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash darajasi oxirgi oyda 7 foizga oshib, 42 foiz ko‘rsatkichga yetdi. Bu respublikachi uchun oxirgi 11 oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi Daryo nashri «TASS»ga tayanib.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 42 foizi davlat rahbari majburiyatlarini bajarish tarzini ma’qullaydi, 54 foizi uning ishidan noroziligicha qolmoqda. Fevral oyida o‘tkazilgan shunday tadqiqot bilan taqqoslaganda ko‘rsatkich 7 foizga oshgan.
So‘rovnoma qatnashchilarining aksariyati Amerika yetakchisining iqtisodiy siyosati yuzasidan ijobiy fikr bildiradi: 48 foizi uni ma’qullaydi, 45 foizi norozi. Prezidentning savdo-sotiq borasidagi harakatlaridan 50 foizi salbiy, 38 foizi ijobiy fikr bildiradi. Trampning tashqi siyosat yo‘nalishini 39 foiz amerikaliklar ma’qullaydi, 53 foizi salbiy fikrda ekanligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi