22:53 / 01.04.2018
9 494

Etti oy oldin dafn etilgan yigit favqulodda uyiga kirib keldi

Etti oy oldin dafn etilgan yigit favqulodda uyiga kirib keldi
Voqea Taylandning Bankok shahri yaqinidagi tumanlardan birida sodir bo‘ldi. 44 yoshli Sakxon Sachiva dengizda baliqchilik qilardi. Kunlarning birida uning xonadoniga xunuk xabar yetkazishdi. Aytishlaricha, Sakxon oshqozon-ichak shamollashi tufayli olamdan o‘tgan. Murda esa deyarli chirib bitayozganiga qaramay, hanuz kasalxona o‘likxonasida saqlanmoqda ekan. Sakxonning uyidagilar jonholatda o‘likxonaga yetib borishdi.

Jasad haqiqatan tanib bo‘lmas darajaga kirib ulgurgan ekan. Uning yonidan topilgan hujjat aynan Sakxonga tegishli edi. Nimayam qilishsin?.. Oila a’zolari yig‘i-sig‘i qilib, jasadni dafn etishdi. Baliqchilik korxonasidagilar moddiy yordam sifatida Sakxonning yaqinlariga 3 ming dollar miqdorida pul ajratishdi. Bundan tashqari, dafn marosimlari va boshqa ikir-chikirlarni ham o‘z zimmalariga olishdi.

Qarangki, oradan yetti oy o‘tgach, kutilmaganda Sakxon uyiga kirib keldi. Kelganda ham to‘rt muchasi salomat holatda keldi.

Shundan keyingina haqiqat yuzaga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Sakxonning hujjatlarini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab qo‘ygan ekan. Uning o‘zi shu kunga qadar dengizda bo‘lgan. Professional kasbiga oid ishlar bilan shug‘ullangan. O‘zining o‘lgani, dafn etilgani haqida uyga kirib kelgandan keyingina yaqinlaridan eshitdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Etti oy oldin dafn etilgan yigit favqulodda uyiga kirib keldi