
Saudiya Axborot agentligi Asir viloyati va Abha shahri 3 aprel kuni oppoq qorga burkangani xabar qildi. Mahalliy agentliklar xabariga ko‘ra, qor dushanba kuni tungi kuchli yomg‘irdan keyin yoqqan.
O‘MI Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Abha shahri mamlakat ichidagi va xorijlik sayyohlar keladigan maskan hisoblanadi.
Asir viloyati yuqori platoda joylashgani sababli Saudiyaning boshqa mintaqalariga nisbatan ko‘proq yomg‘ir yog‘adi.
Abha shahri yaqinida joylashgan tog‘ning Jabal Savda deb nomlangan cho‘qqisining balandligi qariyib 3000 metrni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar