AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy AQSh bilan olib borayotgan “nohalol savdo”dan arz qildi va Pekinni savdo to‘siqlarini olib tashlashga chaqirdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
“AQShda 40 yildan beri Xitoy bilan savdo profitsiti bo‘lmagan. Ular nohalol savdoni tugatishi, to‘siqlarni olib tashlashi va faqatgina to‘g‘ri bojlar olishlari kerak. AQSh yiliga 500 mlrd dollar yo‘qotadi, o‘nlab yillar davomida milliardlar yo‘qotgan. Bu boshqa davom etishi kerakmas!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Tramp yo‘qotilgan 500 mlrd dollar deganda nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritmagan. AQSh statistikasiga ko‘ra, 2017 yilda Xitoy bilan savdo defitsiti 375 mlrd dollarni tashkil qilgan, biroq gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar haqida emas, balki savdo disbalansi, ya’ni bir davlat boshqa davlatga undan xarid qilgandan ko‘proq mahsulot sotishi haqida ketmoqda.
Avvalroq Tramp Xitoyga qarshi yiliga 150 mlrd dollarlik bojlar kiritish bilan tahdid qilgandi. Pekin bunga javob choralari ko‘rishini aytgan. Savdo urushidan xavfsirash AQSh birjalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi