12:05 / 11.04.2018
6 553

OAV AQSh va Rossiyaning Suriyadagi quroli haqida ma’lumot berdi

OAV AQSh va Rossiyaning Suriyadagi quroli haqida ma’lumot berdi
National Interest jurnalida AQSh va Rossiya Suriyada harbiy mojaro keskinlashsa, qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol turlari haqida ma’lumot berildi.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh turli ob’ektlarga hujum uchun «Tomagavk» va AGM-86S qanotli raketalari, shuningdek, Lockheed/Boeing F-22 Raptor beshinchi avloddagi ko‘p nishonli qiruvchi va Northrop B-2 Spirit strategik bombardimonchisidan foydalanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Rossiya arsenalida Tu-95 va Tu-160 strategik bombardimonchilarida bo‘lgan X-101 qanotli raketalari, hamda «Kalibr» qanotli raketalari bor.

National Interest ushbu holat yuzasidan izoh so‘rab Rossiya Oliy iqtisodiyot markazidagi xalqaro harbiy-siyosiy va harbiy-iqtisodiy muammolar sektori rahbari Vasiliy Kashinga murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, agarda amerikalik harbiylar Rossiya armiyasi kuchlariga zarba bersa, unda urush boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV AQSh va Rossiyaning Suriyadagi quroli haqida ma’lumot berdi