Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yilda 18 mln rubldan ko‘proq daromad olgan. Bu qiymat uning 2016 yildagi daromadidan 2 martadan ko‘proqni tashkil qiladi. Kreml saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning 2017 yildagi daromadi 18 mln 728 ming rublni tashkil qilgan, 2016 yilda esa 8 mln 858 ming rubl ishlab topgandi.
O‘tgan yil ichida Putinga tegishli yoki u foydalanadigan ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatida o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, daromadlar haqidagi ma’lumotlarda avval har yil Putin tomonidan deklaratsiya qilingan 1500 kvadrat metrlik yer maydoni boshqa ko‘rsatilmagan. Putin tomonidan deklaratsiya qilib kelingan qolgan ko‘chmas mulk o‘zgarishsiz qolgan, bular: Putinning o‘ziga tegishli 77 kvadrat metrlik kvartira va 18 metrlik garaj hamda u foydalanadigan 153 kvadrat metrlik kvartira va garaj.
Avvalgi yillardagi kabi prezident faqatgina Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarga, jumladan ikkita GAZ M-21, “Niva” mashinalariga va “Skif avtotirkamasiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi