Suriya hukumati xalqaro hamjamiyatdan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning raketa hujumini qoralashni talab qilmoqda. Bu haqda Suriya TIVdan xabar berishgan, deb yozadi RIA «Novosti»ga tayanib Kun nashri.
«Suriya xalqaro hamjamiyatdan bu tajovuzkorlikni qat’iy qoralashni talab qilmoqda, u jahondagi vaziyatning faqat yanada chuqurlashishiga olib keladi va dunyo xavfsizligiga tahdid soladi», - deya ma’lum qilishgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron TIV AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriya hududiga qarata berilgan raketa zarbalarini qat’iy qoralashi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi