09:35 / 29.04.2018
7 296

Sankt-Peterburglik yigit qaynonasiga uylanish uchun xotini bilan ajrashdi

Sankt-Peterburglik yigit qaynonasiga uylanish uchun xotini bilan ajrashdi
Sankt-Peterburgda yashovchi 50 yoshli Vyacheslav Jukov to‘qsoninchi yillarda qotillik jinoyati sodir etishi oqibatida qamalib ketgan. Uni 13 yil 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum etishdi. Erkak ko‘ngliga tugdi. Aniqrog‘i, turmadan chiqqach, uylanishga qaror qildi. Omadi chopgan ekan. Gazetalarning birida o‘ziga turmush o‘rtog‘i qidirayotgan ayol haqida o‘qib qoldi. U Yelena edi. Darrov maktub yo‘lladi. Yelena ham uni uzoq kutdirmadi. Javob maktubini yozdi. Ko‘ribsizki, Vyacheslav turmaning o‘zida Yelenaga uylanib oldi. Bu voqea 2007 yili sodir bo‘lgandi. Oradan uch yil o‘tgach, Yelenaning sa’y-harakatlari bilan muddatidan oldin ozodlikka chiqdi.

Yelenaning hikoya qilishicha, turmadan chiqqandan keyin Vyacheslav ko‘p ichadigan, unga xiyonat qiladigan bo‘ldi. Ishlashni xohlamadi. Uyga fohishalarni ergashtirib kelaverdi. Orada janjal chiqdi. Janjallarning oxiri ko‘rina qolmadi. Shunday qilib, oradan 4-5 yil o‘tib Yelenaning o‘zi ajrashish haqida sudga ariza berdi.

Qarangki, ajrashgandan keyin Vyacheslav qaynonasi Galinaning kvartirasiga joylashdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular anchadan beri xufiyona uchrashib yurishgan, turmush qurish uchun Yelenaning o‘z xohishi bilan ajrashishini kutishgan ekan. Tez orada qaynona-kuyov turmush qurishdi. Vyacheslav yangi rafiqasining familiyasiga ham o‘tib oldi.

— Ustimdan kulishni xohlaganlar kulaversin, — dedi Vyacheslav. — Qaynonam mendan ancha katta. 73 yoshda. Lekin afsuslanmayman. Bilasizlarmi nega? Chunki men 10 yil turmada o‘tirdim. Na uyim, na ish joyim bor edi. Mana, sobiq qaynonamga uylandim-u, hamma narsaga ega bo‘ldim. Ikkita kvartiram, qo‘shaloq mashinam, yetarlicha pulim bor. O‘z biznesimni yo‘lga qo‘ydim. Kampir meni jonidan ortiq sevadi. Men uchun kerak bo‘lsa jonini beradi…

Rasmiy xabarlarga qaraganda, “yosh” “kelin-kuyov”lar ular uchun farzand tug‘ib berishga rozi bo‘ladigan ayolni qidirishmoqda. Evaziga katta pul va’da qilishyapti. Ko‘ngil ekan-da!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburglik yigit qaynonasiga uylanish uchun xotini bilan ajrashdi