
27 aprel kuni Koreya yarim orolida tarixiy voqea sodir bo‘ldi, deb yozadi «Gazeta.ru». KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In qurolsizlantirilgan hududda joylashgan Pxanmunjom qishlog‘ida uchrashdi.
Ular muzokaralar o‘tkazdi, ramziy ma’noda daraxt ekdi, yuzma-yuz gaplashib oldi, qo‘l siqishdi, ammo asosiysi — yarim orolda tinchlik jarayonini boshlab beradigan deklaratsiyani imzoladi.
Uchrashuv ziyofat bilan yakunlandi, unda ikki mamlakat rahbarlariga ularning rafiqalari — Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning xotini Li Sol Chju va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning xotini Kim Jonsuk hamrohlik qildi. «Gazeta.ru» fotoreportajida Shimoliy va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvidan lavhalarni ko‘rish mumkin.








   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar