07:32 / 04.05.2018
5 224

Dunyoda eng yaxshi havo qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘ldi

Dunyoda eng yaxshi havo qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘ldi
Finlyandiyada dunyo bo‘yicha eng yaxshi havo sifati mavjud. Bu haqda Finlyandiyaning Meteorologiya instituti Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asosan xabar bermoqda.

"Kichik zarrachalar to‘planishi – havoni ifloslantiruvchi moddalar Finlyandiyada o‘rtacha bir kub metrga 6 mikrogrammni tashkil etadi, bu boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda eng past ko‘rsatkich sanaladi", - deyiladi institut xabarida.

JSST 2008-2016 yillar davomida deyarli yuzta davlatdagi 2,5 aholi punktida havo sifati tahlilini o‘tkazganidan so‘ng o‘z ma’lumotlarini e’lon qildi. Finlyandiyada ushbu tajribada 11 shahar va Meteorologik institutning ikkita o‘lchov stansiyasi ishtirok etdi.

Ro‘yxat oxiridan Yaqin va Uzoq Sharq, shuningdek Afrika davlatlari joy oldi – u yerda ifloslantiruvchi moddalar zichligi – turli zararli moddalarga ega changlar – Finlyandiyadan 10 va undan ko‘proq martaga ortiq. Shu bilan birga, Finlyandiyaga havo sifati darajasi bo‘yicha Estoniya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya, Islandiya ancha yaqin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda eng yaxshi havo qaysi davlatda ekani ma’lum bo‘ldi