
Amerikaning Indiana shtatida joylashgan Indianapolis shahrida inkassator mashinasidan tushib qolgan qop-qop pullar yo‘lga sochilib, yo‘lovchilarni xushnud qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
I-70 magistralida harakatlanayotgan avtomobilning eshigi ochilib ketib, yo‘lning qatnov qismiga qop-qop pullar tushib ketdi. Zarba natijasida yirtilgan qoplardan tushgan pullar atrofga sochildi.
Shamolda uchib yurgan pullar barcha yo‘lovchi va haydovchilarning diqqatini tortdi. Aksariyat haydovchilar mashinalarni to‘xtatib, pul tera boshlashdi. Ba’zi birlari esa yirtilmay qolgan qoplardagi pulni mashinaga ortib, o‘z yo‘llarida davom etishdi. Ushbu voqea aks etgan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar cho‘ntaklari va sumkalarini qappaytirgan odamlardan pullarni qaytarishni so‘rashdi. Indiana shtati politsiyachilari barcha topilgan pullarni qaytarish lozimligini, aks holda bu holat o‘g‘irlik deb baholanishini ma’lum qildi. Pullarni qaytarib topshirgan odamlar javobgarlikdan ozod etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar