
Amerika sudi 2001 yilning 11 sentyabrida sodir bo‘lgan terakt qurbonlarining oilalariga Eron 6 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Islam-Today nashri xabar bermoqda.
Nyu-York federal sudyasining fikricha, Eron hukumati 1008 kishining halok bo‘lishiga aybdor. Sudya qurbonlarning turmush o‘rtog‘i 12,5 million, ota-onasi va bolasi 8,5 million, aka-ukasi yoki opa-singlisi 4,25 million dollardan olish kerak deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda AQSh Kongressi sudlarga terrorchilik uchun butun boshli davlatlarni javobgarlikka tortishga imkon beruvchi qonunni qabul qilgan edi.
Manba: azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar