16:26 / 14.05.2018
4 832

“AQSh xo‘rlangan qullarga ega bo‘lmoqchi”

“AQSh xo‘rlangan qullarga ega bo‘lmoqchi”
Eron oliy rahnamosi Ali Humayniy AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi hamkorlariga maktub yo‘llaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda VVSga tayanib Azon.uz nashri.

“Bir necha kun avvald Tramp Fors ko‘rfazi mamlakatlari yetakchilariga yo‘llagan maktub bizga yetkazildi. U shunday deb yozgan: “Men 7 trillion dollar sarfladim va sizlar buning evaziga nimadir qilishingiz kerak”. AQSh xo‘rlangan qullarga ega bo‘lmoqchi”, – deya yozdi Humayniy Tvitterda.

Trampning xati uning qo‘liga qanday kelib tushgani noma’lum.

New York Times gazetasining xabar berishicha, Tramp chindan ham Yaqin Sharqdagi hamkorlariga ikkita maktub yo‘llab, mintaqa uchun haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflanganini va ular Eronning ta’siriga qarshi kurashish uchun chora ko‘rishlarishi kerakligini aytgan.

AQShning Fors ko‘rfazidagi yaqin hamkorlari Saudiya Arabistoni, BAA va Isroil hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “AQSh xo‘rlangan qullarga ega bo‘lmoqchi”