AQSHning Baltimor shahrida yo‘l o‘yilib, avtomobil suv to‘lgan chuqurga tushib ketdi

AQSHning Baltimor shahrida yer o‘pirilishi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer ostidagi suv quvuri yorilishi oqibatida yo‘l chetida katta chuqur hosil bo‘lgan.
Qisqa vaqt ichida o‘yilgan joy suvga to‘lgan. Shu paytda bir avtomobil ushbu chuqurga tushib ketgan. Mashina ichida 50 yoshli ayol bo‘lgan.
Xayriyatki, ayol o‘z vaqtida avtomobildan chiqishga ulgurgan. U hodisa oqibatida jarohat olmagani aytilmoqda.
Hodisadan keyin hududda xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Mutaxassislar suv quvuridagi nosozlikni bartaraf etish va yo‘lni tiklash ishlariga kirishgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…