AQShning Minnesota shtatida yashovchi erkak o‘rmonga qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasining jasadini topib oldi, deb xabar beradi Daryo.
Erkak topilma haqida o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga ma’lum qildi. Shundan so‘ng jonivorning murdasi tabiiy resurslar vazirligiga yetkazildi. Jonivorning jasadi kelgusidagi tadqiqotlar uchun muzlatib qo‘yildi.
Tadqiqotlar jonivorning umurtqasi ikkiga bo‘lingani va undan alohida boshlarga ega ikkita bo‘yin o‘sib chiqqanini ko‘rsatdi.
Jonivorning o‘pkasi oxirigacha shakllanmagani uchun u o‘lik tug‘ilgan. Bug‘u bolasining ovqat hazm qilish tizimi ham ikkita bo‘lgan. Biroq ulardan faqat bittasi to‘laqonli ravishda ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi