Rossiya Davlat Dumasi qabul qilayotgan yangi qonunga ko‘ra, badavlat fuqarolar o‘z nomlari bilan ataluvchi fondlar va mukofotlar ta’sis qilishlari va ularga o‘z boyliklarini vasiyat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Yangi joriy etilayotgan mexanizm, badavlat ishbilarmonlarning mol-mulklaridan ularning vafotidan keyin ham, qoldirilgan vasiyatnomaga muvofiq – samarali boshqarish, ko‘paytirish va xayriya maqsadlarida foydalanish imkonini yaratadi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, boy-badavlat ishbilarmonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari har doim ham eng mos keladigan boshqaruvchi bo‘la olmaydi.
Ikkinchidan, ayrim badavlat biznesmenlar o‘z vorislarining xavfsizligini o‘ylab ham ana shunday qarorga kelishgan. Xususan, 2017 yilda boyligi 14,4 milliard dollar baholangan “Alfa grupp” egasi milliarder Mixail Fridman ana shunday fikr bildirgan edi.
Undan tashqari, mol-mulki 15,2 mlrd baholangan Alisher Usmonov, daromadi 14,3 mlrd $ bo‘lgan “Nornikel” kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin ham o‘z boyliklarining katta qismini meros fondlariga o‘tkazish va kelajakda ulardan jamoatchilik manfaatlari uchun foydalanish niyatlari borligini bildirishgan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyada ana shunday meros fondlariga ehtiyoj ancha vaqtdan beri bor edi, lekin taalluqli qonun bo‘lmagani tufayli oldin bunday amaliyotlar Buyuk Britaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali amalga oshirilar edi. Yangi qonun kuchga kirsa, Rossiyada 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab meros fondlari tashkil qilish mumkin bo‘ladi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmenlar xayriya maqsadlarida yildan yilga ko‘proq mablag‘ sarflab kelmoqdalar. Mablag‘lar nafaqat jismoniy shaxslar, balki kompaniyalar tomonidan ham sarflanmoqda.
Manba: Asr.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi