
Foto:«sMart-lab.ru»
Italiyada yangi kaolitsion hukumatning bosh vazirligiga nomzod Juzeppe Kontening tarjimai holidagi ba’zi ma’lumotlar soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Euronews»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.
«New York Times»ning yozishicha, bo‘lajak bosh vazir o‘z tarjimai holida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga oyoq ham bosmagan ekan. Gazeta Kontening tarjimai holida ko‘rsatilganidek u Nyu-York universitetida umuman tahsil olmaganini yozdi.
Shuningdek, italiyalik siyosatchining tarjimai holida uning Angliya, Fransiya va Avstriyadagi mashhur universitetlarda tahsil olgani ko‘rsatilgan. Bular ham aniq emas.
Bu sharmandalikning ortidan Konte hanuz lom-mim demadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar