AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi. Oq uy matbuot xizmati xabar berishicha, Pxenyanga shu haqda bildirilgan maktub yo‘llangan.
«Afsuski kuchli g‘azab va ochiq dushmanlik bilan yo‘g‘rilgan bayonotingizdan keyin rejadagi uchrashuvni o‘tkazishdan ma’no yo‘q deb hisoblayman. Siz yadro sohasidagi imkoniyatlaringiz haqida gapirasiz, ammo bizning qurollar shunchalar kuchliki, hech qachon ularni qo‘llashga to‘g‘ri kelmasligini Xudodan so‘rayman.
Butun dunyo, ayniqsa Shimoliy Koreya tinchlik va farovonlik o‘rnatilishi uchun imkoniyatni yo‘qotdi. Bu boy berilgan imkoniyat — tarixning qayg‘uli lahzalaridir.», — deya yozgan Tramp.
Shu bilan birgalikda u kelgusida KXDR rahbari bilan uchrashishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
12 iyun kuni Singapurda AQSh-KXDR sammiti doirasida ikki prezident o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Ammo shimoliy koreyaliklar AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom etganidan norozi bo‘lgan va bu uchrashuv o‘tkazilishi so‘roq ostida qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?