07:30 / 25.05.2018
5 011

Beshinchi qavatdan tushib ketgan bola tirik qoldi (video)

Beshinchi qavatdan tushib ketgan bola tirik qoldi (video)
Xitoyning Xanchjou shahrida beshinchi qavatdan yiqilib tushayotgan bolani ko‘rib qolgan yetkazuv xizmati haydovchilari choyshab yordamida uni tutib qolishga ulgurishdi. Bu haqda «Segodnya.ua»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.

Bola avvaliga ikki qavat tepadagi balkonga urilgan, shovqinni eshitgan bir necha haydovchilar uni qutqarish uchun yugurgan. Bola balkondan birinchi qavatdagi do‘konni quyoshdan pana qilib turgan matoga kelib tushgan, keyin esa odamlar tutib turgan choyshabga.

Yiqilish oqibatida bolaning oyog‘i shikastlandi, u kelib urilgan do‘kon sotuvchisining esa qo‘li chiqdi. Ularning har ikkisi kasalxonaga yetkazilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Beshinchi qavatdan tushib ketgan bola tirik qoldi (video)