Shvetsiya cherkov ittifoqi mas’ullaridan biri Stefan Lindkuist ijtimoiy tarmoqda “Musulmonlar nima uchun xavfli?” nomli maqolasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Azon” nashri.
“Bir musulmon menga yangi tuxum olib keldi, yana biri hol-ahvolimni so‘radi. Birovi mashinam ta’mirda bo‘lgani uchun boradigan joyimga olib borib qo‘ydi. Puli yo‘q do‘stiga muntazam ravishda taom olib boradigan bir musulmonni taniyman. Musulmonlar chindan ham qanchalar xavfli...” – deyiladi maqolada.
Lindkuist maqolasida musulmonlar va shvetsiyaliklarni taqqoslagan:
“Bir shvetsiyalikning pul olmay turib tuxum berishiga umuman ishonmayman. Qaysi shvetsiyalik puli yo‘q do‘stining uyiga haftalab ovqat tashiydi?”
Shuningdek, maqolada quyidagi fikrlar o‘rin olgan:
“Bilolmayapman, ammo biz shvetsiyaliklar ko‘zlarimizni ochib, haqiqatni ko‘rishimiz kerak. Juda muloyim va saxiy musulmon do‘stlarim borligini sezib qoldim. Aksarida bir shvetsiyalikda men ko‘rmagan ajoyib qalb bor. Hech birida nafratni his qilmadim. Menimcha, insonlarga qanday muomala qilishimiz juda muhim. Insonlarni qabul qilib, hayotingizga qo‘shsangiz, evaziga sevgi ko‘rasiz. Vaholanki, biz bu insonlarga bir necha daqiqa davomida ovoz kuchaytirgichdan azon chaqirilishini ham ravo ko‘rmaymiz”.
Muallifning fikricha, shvetsiyaliklar musulmonlardan asossiz ravishda qo‘rqadi va xavotirlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Yerni ijaraga olganlarga qayta ijaraga berish huquqi berilishi mumkin