Yonilg‘i bakida gul olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsning siri fosh bo‘ldi

Polsha va Belorussiya chegarasidagi o‘tish punktida bojxona xodimlariga antiqa kontrabandachi duch keldi, deb yozadi Carzone nashri.
Volkswagen Passat avtomobili rulidagi belorussiyalik kishi Polshaga o‘tayotganida bojxonachilar diqqat bilan tekshirishdi. Natijada bu tadbirkor 600 tupdan ortiq xrizantema ko‘chatini yonilg‘i bakida olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Rasmda ko‘rib turganingizdek, gul tuplari sellofanga yaxshilab o‘ralgandi.
Manzarali gul ko‘chatini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lganligining sababi fitosanitariya sertifikatining yo‘qligidadir. Bu voqea bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘aldi. Kontrabandachining mashinasi olib qo‘yilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Volkswagen Passat avtomobili rulidagi belorussiyalik kishi Polshaga o‘tayotganida bojxonachilar diqqat bilan tekshirishdi. Natijada bu tadbirkor 600 tupdan ortiq xrizantema ko‘chatini yonilg‘i bakida olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Rasmda ko‘rib turganingizdek, gul tuplari sellofanga yaxshilab o‘ralgandi.
Manzarali gul ko‘chatini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lganligining sababi fitosanitariya sertifikatining yo‘qligidadir. Bu voqea bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘aldi. Kontrabandachining mashinasi olib qo‘yilishi mumkin.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…