
Dizel yoqilg‘isida ishlovchi Volkswagen Amarok mashinasi uzunligi 32,3 metr, og‘irligi 42,9 tonna bo‘lgan tramvayni joyidan qo‘zg‘atib, o‘z ortidan torta oldi, deb yozadi Kun nashri.
“Amarok” 3 litrli, 6 silindrli, 258 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lgan.
2000-yillarda Volkswagen Touareg 155 tonnalik Boeing 747 samolyotini joyidan qo‘zg‘ata olgan. So‘ngra bunday tajribalar muntazam o‘tkazib kelingan: Toyota Tundra o‘z ortidan “Indevor” koinot kemasini, Nissan Patrol esa to‘liq yuklangan Il-76 samolyotini torta olgan.
2017 yil mayida esa Porsche Cayenne 285 tonnalik Airbus A380 samolyotini 42 metrga tortib ola borgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar