16:55 / 06.06.2018
3 272

Putin: "Rossiya yoki suveren bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi"

Путин: "Россия ёки суверен бўлади, ёки умуман бўлмайди"
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, rus xalqi har doim suverenitetni tanlaydi.

«Men Rossiya yoki suveren bo‘lishi, yoki u umuman bo‘lmasligidan kelib chiqmoqdaman. Albatta, Rossiya xalqi har doim birinchisini tanlaydi», - deya aytib o‘tdi Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Putinning aytishicha, Rossiya xalqaro arenada xalqaro huquq prinsiplariga rioya qiladigan, hamkorlar manfaatiga hurmat bilan qaraydigan va o‘z manfaatlariga zarar yetmasligini kuzatib boradigan davlat sifatidagi o‘rni yo‘qolmasligiga jiddiy e’tibor qaratib boradi.

Putinning ma’lum qilishicha, Amerika tomoni bosimi ostida Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan davlatlar bu choralarni endi o‘zida sinab ko‘radi.

Uning ishonch bildirishicha, sog‘lom fikr asta-sekin g‘alaba qozonadi, jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan barcha noqonuniy cheklovlar esa bekor qilinadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha hamkorlar, shu jumladan, Amerika tomoni bilan ham munosabatlar yaxshilanadi. Putinning ta’kidlashicha, «Qo‘shma Shtatlar pozitsiyasiga qo‘shilib» Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan davlatlar AQSh sanksiyalaridan «endi o‘zi jabr ko‘rmoqda».

«Men buni xursandligim yoki istehzo bilan aytayotganim yo‘q. Bu vositalar universal ekani isbotlanmoqda hamda ularni joriy etish barchaga, jumladan, bunday tashabbus bilan chiqqanlarga ham zarar yetkazishi oydinlashib boryapti», - deya ma’lum qildi Putin.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning KXDRga tashrifi vaqtida Shimoliy Koreya tomoni Vladimir Putinga Pxenyanga kelish haqida taklif bergan.

Bu haqda Lavrovga yaqin bo‘lgan shaxslarga tayangan holda yapon parlamenti sobiq deputati, ayni vaqtda Moskvada bo‘lib turgan Sudzuki Muneo xabar qilgan.

Bundan tashqari, xabar berilishicha, KXDR yetakchisiga Putindan xat ham topshirilgan, unda Rossiyaga tashrif bilan kelish taklifi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin nemis tilida jurnalistdan o‘z so‘zini bo‘lmaslikni so‘ragandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: "Rossiya yoki suveren bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi"