09:50 / 07.06.2018
3 768

Tramp advokati: "Kim Chen In Trampdan uchrashuv o‘tkazishga ko‘nishni yolvorib so‘ragan"

Трамп адвокати: "Ким Чен Ин Трампдан учрашув ўтказишга кўнишни ёлвориб сўраган"
AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Julianining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Donald Trampdan o‘zaro uchrashuvga ko‘nishni yolvorib so‘ragan. Bu haqda The Wall Street Journal nashrida chop etilgan maqolada so‘zlangan.

Nashr Julianining Isroildagi nutqidan parcha keltirgan. Julianining nutqida aytishicha, Tramp Pxenyanning tahdidlari sababli Kim Chen In bilan uchrashuv bo‘lmasligi mumkinligini e’lon qilgan. “Ular biz bilan yadroviy urush boshlashlari, bizni unda mag‘lub etishlarini aytishgan. Biz esa bunday sharoitda uchrashuv bo‘lmasligini aytganmiz”, deb aytgan Tramp advokati.

Julianining ta’kidlashicha, shundan keyin Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh tomonidan Tramp bilan uchrashuvni bekor qilmaslikni “tiz cho‘kib yolvorib so‘ragan”. U qo‘shimcha qilganidek, “Kim Chen Inni aynan shunday holatga qo‘yish kerak”.

Bundan tashqari, Juliani “Xuddi shunday yo‘l Falastin ma’muriyati bilan ham tutilishi kerak. Ular tinchlikka intilishlari lozim. Sizlar ularga ham bosim o‘tkazishingiz lozim”, deb aytgan.

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini dastlab Singapurda 12 iyunda tashkil etish rejalashtirilgan. Biroq may oxirida Tramp Kim Chen Inga maktub jo‘natib, uchrashuv Pxenyanning “dushmanona bayonotlari” sababli bo‘lib o‘tmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp advokati: "Kim Chen In Trampdan uchrashuv o‘tkazishga ko‘nishni yolvorib so‘ragan"