10:26 / 08.06.2018
4 539

Fransiya maktablarida qo‘l telefoni taqiqlandi

Fransiya maktablarida qo‘l telefoni taqiqlandi
Foto: «Gulf-times.com»
Fransiya parlamenti umumta’lim maktablari va kollejlar o‘quvchilarining qo‘l telefonidan foydalanishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda «Anado‘lu»'ga asosan "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Joriy yil sentyabr oyidan, ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatdagi umumta’lim maktablari va kollejlarda o‘quvchilar qo‘l telefonlaridan foydalana olishmaydi.

Dastlab qonunda o‘qituvchilarning ham qo‘l telefonidan foydalanishini taqiqlash taklifi kiritilgan, lekin bu taklif qabul qilinmagan edi.

Fransiya ta’lim vaziri Jan-Mishel Blankuver 2017 yilning oxirida o‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishini ta’minlash hamda ularni dars jarayonida virtual olamdan asrash maqsadida qo‘l telefonlarini taqiqlash zarurligini aytgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya maktablarida qo‘l telefoni taqiqlandi