Prezident Donald Tramp 6 iyun kuni Oq uyda ilk bor iftor dasturxonini yozib, musulmon ahlini Ramazon oyi bilan qutladi.
“Dunyo bo‘ylab do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz nomidan kelishgan diplomatik korpus vakillarini, musulmon davlatlaridan elchilarni mamnuniyat bilan kutib oldik. Oq uyga qadam ranjida qilganingiz uchun tashakkur”, - dedi Tramp mehmonlarga.
Prezidentning aytishicha, iftor dasturxoni “dunyodagi buyuk dinlardan birining muqaddas an’anasini sharaflaydi”.
Oq uyda iftor berish an’anasi Prezident Bill Klinton davrida boshlangan. Bu safargi iftorda musulmon mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining Vashingtondagi bosh diplomatlari, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston elchilari, siyosatchilar hamda ulamolar qatnashdi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi" nashri.
“Iftor oila va do‘stlar davrasida tinchlik, ravshanlik va muhabbatni nishonlash uchun imkoniyat. Eng buyuk qadriyatlarimizni yodga olib, ne’matlar uchun, Yaqin Sharq bo‘ylab hamkorlarimiz bilan qurilgan yangicha munosabatlar uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Tramp murojaatida.
Oq uydagi iftorda 30-40 kishi qatnashgani ma’lum, mehmonlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilinmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi