09:27 / 10.06.2018
4 535

Turkiya Suriya bilan chegarada 564 kilometrlik devor qurilishini yakunladi

Turkiya Suriya bilan chegarada 564 kilometrlik devor qurilishini yakunladi
Turkiyaning uy-joy qurilishini rivojlantirish boshqarmasi (TOKİ) Suriya bilan chegarada uzunligi 564 kmlik modul devor qurilishini yakunladi.

Modul devor chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida barpo etilgan. Jumladan, devor Suriyadan Turkiyaga noqonuniy migratsiyaning oldini olishga ko‘mak berishi ko‘zda tutilgan.

TOKİ Suriya bilan devor qurishni yakunlagandan keyin Eron bilan chegarada 144 kmlik devor qurishni boshlashga kirishgan. Ta’kidlanishicha, bu qurilish ham yakunlanish bosqichida.

Turkiya-Suriya chegarasida, Al-Asi daryosi oqib o‘tadigan qismdan tashqari, 711 kmlik modul devor qurilgan. Devor og‘irligi 7 tonna, balandligi 3 va eni 2 metr keluvchi beton bloklardan qurilgan. Shuningdek, Turkiya-Suriya chegarasini minalardan tozalash ishlari davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, devor evaziga Turkiya-Suriya chegarasi 2 yil avvalgidan ancha xavfsizroqqa aylangan. Chegara bo‘ylab shuningdek avtomobil yo‘li qurilgan bo‘lib, uning evaziga 30-40 kmlik yo‘l turk askarlariga 15 daqiqagacha qisqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriya bilan chegarada 564 kilometrlik devor qurilishini yakunladi