20:38 / 10.06.2018
2 761

Kim Chen In Singapurda. U Trampni kutmoqda

Kim Chen In Singapurda. U Trampni kutmoqda
KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tarixiy uchrashuvni o‘tkazish uchun Singapurga yetib keldi. Bu haqda Singapur TIV rahbari Vivian Balakrishnan ma’lum qilgan.

Tramp ham bugun kechqurun Singapurga yetib kelishi kutilmoqda. Uning samolyoti ayni vaqtda Kritda yoqilg‘i quyish uchun to‘xtagan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvdan oldin Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan ham uchrashadi.

AQSh va KXDR rahbarlari uchrashuvi 12 iyun kuni Singapurdagi Sentoza orolida uchrashishi rejalashtirilgan.

Donald Tramp sammitdan oldin Kim Chen In bilan alohida yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazmoqchi. Muzokaralarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish, elchixonalar ochish masalasi muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.

Tomonlar shuningdek KXDRning yadroviy sinovlarini to‘xtatish masalasini ham muhokama qilishlari kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)