date
views 3 775

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv uchun Singapurga yetib bordi

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv uchun Singapurga yetib bordi
AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurga yetib bordi va «Shangri-La» mehmonxonasiga to‘xtadi. U AQSh va Shimoliy Koreya sammiti vaqtida shu yerda istiqomat qiladi.

The Straits Times nashri mehmonxona tomon harakatlanayotgan prezident korteji suratini namoyish etgan. 11 iyun, dushanba kuni amerikaliklar yetakchisi Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashadi. Kim Chen In bilan uchrashuv esa 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 9.00ga belgilangan.

Bundan avvalroq Trampning samolyoti Payya Lebar bazasiga qo‘ngani ma’lum bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv uchun Singapurga yetib bordi