08:30 / 13.06.2018
3 976

Braziliya telekanalining "syurpriz"i Neymarni yig‘latdi (foto, video)

Бразилия телеканалининг "сюрприз"и Неймарни йиғлатди (фото, видео)
Braziliyaning Globo TV telekanali hujumchi Neymar uchun katta syurpriz tayyorladi.

Caldeirão do Huck shousi xodimlari futbolchining bolaligidagi xonasi nusxasini juda katta aniqlikda yaratishdi.

Neymar xonaga kirib chiqqanidan so‘ng, eski xotiralardan hissiyotga berilib, yig‘lab yubordi.

Shundan so‘ng, xonaga uning onasi Nadin va singlisi Rafaella kirib kelishdi. Xonaning nusxasi aynan ularning yordamida tashkil qilingan edi.

Shou oxirida Neymarning otasi, qallig‘i Bruna Markezini, bolalikdagi do‘sti Maykon, aktyor Rafael Zulu, syorfer Gabriel Medina, qo‘shiqchi Tiagino va voleybolchi Bruno Rezende ham futbolchini qutlashdi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya telekanalining "syurpriz"i Neymarni yig‘latdi (foto, video)