12:53 / 13.06.2018
4 370

Tramp: "Kim Chen In juda alomat yigit ekan"

Трамп: "Ким Чен Ин жуда аломат йигит экан"
AQSh prezidenti Donald Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In unga «alomat va juda aqlli yigit» bo‘lib ko‘ringan, u strategik fikrlaydi.

«U alomat va juda, juda aqllidir. U ajoyib muzokarachi, strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan yigit», - degan Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kim Chen In bilan darhol til topishib ketgan. Shuningdek, Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi haqidagi avvalgi bayonotlaridan voz kechmagan. Uning fikricha, ular bo‘lmaganda Shimoliy Koreya rahbari bilan muzokaralar ham amalga oshmasdi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u tajovuzkor bayonotlar davrida o‘zini ba’zida «ahmoqdek» his qilgan, biroq uni davom ettirish lozim, deb hisoblagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR kelajagi haqidagi rolik e’lon qilingani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Kim Chen In juda alomat yigit ekan"