
Turkiyaning Shirnak viloyati Silopi tumanida Mustaqil sanoatchi va tadbirkorlar uyushmasining bir guruh a’zolari aholining ikki do‘kon va bir novvoyxonaga bo‘lgan qarzlarini to‘lab berdi.
“Anado‘li” agentligining xabar berishicha, tadbirkorlar ikki mahallada joylashgan do‘konlar va novvoyxonaga borib, qarz daftarlarini tekshirgan. Pirovardida jami 200 kishining 15 ming lira (taxminan 3250 AQSh dollari) qarzini to‘lab bergan.
Bu holatdan ham do‘kondorlar, ham qarzdorlar xursand bo‘ldi.
Aytilishicha, bunday an’ana usmoniylar davridan beri davom etib keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar