4 594
Yakubovich «Mo‘’jizalar maydoni»ga olib kelingan yeguliklar qayerga «yo‘qolishi»ni ma’lum qildi
Kadr: «Mo‘’jizalar maydoni»
«Mo‘’jizalar maydoni» boshlovchi Leonid Yakubovich ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatuvga olib keligan yeguliklar qayerga «yo‘qolishi»ni ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo.
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan «Starkon» ilmiy-fantastika festivaliga tashrif buyurgan mehmonlar oldida chiqish qilgan kapital-shou boshlovchisi hazil tariqasida dasturga keladigan ishtirokchilarning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. Yakubovichning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng, ular imkoni boricha ovqatga tezroq yetib olishga harakat qilisharkan.
Men barchani uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan savolga javob berishga tayyorman. ‘Shuncha yegulik qayerga ketadi?!’ Hisobot beraman. Biz har bir ko‘rsatuvga 150 ta taklifnoma chiqaramiz, biroq 27 yildan buyon 150 ta odam zalga kelganini eslolmayman. Odatda ularning soni 300—400 nafarni, ba’zida mingdan ortiqni tashkil etadi! Men tekshirib ko‘rganman — hammasida taklifnoma bor. Qanday qilib buni uddalashgan — hayronman. Suratga olish tugashi bilan mening birgina vazifam bor — tezroq studiyadan qochib chiqib ketish. Chunki hamma barabanga tashlanib, o‘zlari olib kelgan narsalarni yeyishga tushib ketadi. Buni faqat tomosha qilish kerak. Odamlar shirinliklarni cho‘ntaklariga soladi… Aqlbovar qilmas ish sodir bo‘ladi. Ma’muriyatning esa ‘Bolalarni tiqiltirib qo‘ymanglar!’, deb baqirishdan boshqa narsa qo‘lidan kelmaydi. Menimcha, odamlar ko‘rsatuvga faqat ovqatlanish uchun keladi.
Leonid Yakubovich, «Mo‘jizlar maydoni» boshlovchisi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat