AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vazirligiga harbiy-koinot kuchlarini zudlik bilan shakllantirishga ko‘rsatma berdi.
“Agar gap Amerikani himoya qilish haqida ketsa, unda AQShning koinotda shunchaki bo‘lishi yetarli emas. Bizga AQShning koinotdagi ustunligi zarur”, deb aytgan Tramp Vashingtondagi chiqishida.
Trampning ta’kidlashicha, harbiy-koinot kuchlari mamlakat qurolli kuchlarining to‘laqonli “oltinchi tarmog‘i” bo‘lishi lozim.
AQSh prezidentining aytishicha, Vashington koinotda ustunlikka erishmoqchi va Rossiya hamda Xitoydan ortda qolmoqchimas.
“Men kelganimda, bizning koinot bo‘yicha rejalarimiz uncha yaxshi emasdi, biroq hozir hammasi o‘zgardi, bizda bu borada ko‘proq optimizm bor. Biz Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar o‘z ortidan bizni yetaklab yurishini istamaymiz. Biz doim yetakchilik qilganmiz va bizda kelgusi harakatlar uchun katta maydon bor”, deb aytgan Tramp.
Fevral oxirida AQSh harbiy-havo kuchlari boshlig‘i Devid Goldfeyn koinotda urush yuz berishi bir necha yillik masala ekanini aytgandi. Uning fikricha, Vashington koinotda ustunlikka erishmog‘i lozim.
Space News ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlarining joriy yildagi byudjetida koinot dasturlariga 7,75 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Keyingi yilda bu qiymatni 8,5 mlrd dollargacha oshirish rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi