10:30 / 24.06.2018
4 565

Kataloniya nihoyat mustaqil davlat sifatida tan olindi…

Kataloniya nihoyat mustaqil davlat sifatida tan olindi…
Shu haqda yangi davlat vazirlar mahkamasi rahbari Kim Torra rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, bundan buyon Kataloniya Ispaniya qirolligiga bo‘ysunmaydi. O‘zi qarorlar qabul qiladi va taraqqiyot sari dadil odimlaydi.

— Men ham, hukumat a’zolari ham Ispaniya qirolligi tashkil etadigan tadbirlarda ishtirok etmaymiz, — dedi Torra. — Shu jumladan, biz ham Ispaniya monarxiyasini o‘zimiz tashkil etadigan tadbirlarga taklif etmaymiz. Asosiysi, qirol farmonlari bizga taalluqli bo‘lmaydi. Biz yangi hukumatimiz rahbari Puchdemon hamrohligida Kataloniya taraqqiyoti uchun yangi ish boshlaymiz…

Torra yana shu narsani alohida ta’kidlab o‘tdiki, yaqinda Tarragonda O‘rta yer dengizi o‘yinlari start oladi.

— Bu o‘yinlar Kataloniyada, Tarragonda bo‘lib o‘tadi, — dedi u. — Biz bu o‘yinlarni tashkil etdik, homiylik qildik. Agar monarx janoblari o‘yinlarga tashrif buyurishni ixtiyor etsa, qarshiligimiz yo‘q. Ammo biz uni mehmon sifatida qarshi olamiz. Takallufning bundan ortig‘i bo‘lmaydi…

Yaqinda Puchdemon va Torra birgalikda Ispaniya qiroli nomiga maktub yozib, o‘yinlar davomida shaxsan qirol bilan uchrashish niyatida ekanini aytib o‘tishgandi. Lekin Ispaniya qiroli bu maktubni bosh vazir Pedro Sanchesning nomiga qayta rasmiylashtirdi. Bu Kataloniya rahbarlari bilan qirol emas, balki bosh vazir Sanches uchrashadi deganidir. Uchrashuv vaqti, kuni ham aniq belgilab qo‘yildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kataloniya nihoyat mustaqil davlat sifatida tan olindi…